35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputat tavsiyalari asosida o‘rganish olib borildi

Deputat tavsiyalari asosida o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 12-Soliobod saylov okrugi deputati Z. Achildiyev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar ijrosi doirasida o‘zi saylangan Soliobod MFY hududida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi hamda savdo shoxobchalaridagi ta’minot holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholini sifatli va arzon narxlardagi kundalik iste’mol mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, narxlar barqarorligini saqlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish va jamoatchilik nazorati ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 4