Oziq-ovqat xavfsizligi — aholi farovonligining muhim omili
✅ Oziq-ovqat xavfsizligi aholini sifatli, xavfsiz va yetarli miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, inson salomatligini asrash hamda aholining turmush farovonligini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.
✅ Mazkur Qonun 2025-yil 3-fevralda qabul qilingan bo‘lib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga qaratilgan.
✅ Bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va aholiga yetkazib berish jarayonlarida xavfsizlik va sifat talablariga rioya etish dolzarb vazifalardan biridir. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasini shakllantirish va aholining sifatli mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Deputatlar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik talablarining hududlarda ijrosini o‘rganish, aholi murojaatlarini tinglash hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli takliflar kiritish muhim vazifalardan hisoblanadi.
✍✍✍ Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash — nafaqat bugungi kun, balki kelajak avlodlar farovonligi uchun ham muhim vazifadir.