35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kun tartibidagi asosiy masala — navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilishi rejalashtirilgan Kengash qarorlari loyihalarini atroflicha ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida har bir qaror loyihasi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlarga;
Qonunchilik hujjatlari hamda huquqiy texnika talablariga;
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga mosligi nuqtai nazaridan chuqur o‘rganib chiqildi.

Ekspertlar va mutaxassislar tomonidan bildirilgan taklif hamda mulohazalar asosida qaror loyihalarini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4