Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Ibragimov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalardan biri — Bo‘zatov tumani obodonlashtirish boshqarmasining markaziy ko‘chalar bo‘yida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish hamda hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash to‘g‘risidagi masala o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur xizmatlar bo‘yicha amaldagi shartnomalar, belgilangan tariflar hamda ularning asoslanganligi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida Bo‘zatov tumani yuridik xizmatlar markazi boshlig‘i T. Tanatarov ishtirok etib, masalaning huquqiy jihatlari yuzasidan tegishli fikr va takliflarini bildirdi.
Mazkur masala sessiya muhokamasiga kiritish uchun tegishli tartibda tayyorlanmoqda.