35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Hudud infratuzilmasi rivoji — deputat nazoratida

Hudud infratuzilmasi rivoji — deputat nazoratida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-“Qahramon” saylov okrugi deputati S. Xakimov o‘zi saylangan Qahramon MFY hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish ishlari bilan tanishdi.

Deputat tuman Kengashi mudiri A. Avliyakulov bilan birgalikda mahalladagi Nurafshon hamda Amir Temur ko‘chalarida amalga oshirilgan asfaltlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholiga qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Bunday o‘rganishlar orqali mavjud muammolarni aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda.

Xalq manfaatlari — deputatlik faoliyatining asosiy mezoni!

Slide 1 of 5