35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik, xolislik hamda halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik, xolislik hamda halollik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2022-yil 25-oktabrda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2023-yil 1-iyunda ma’qullangan.

Qonun bilan:

- manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi va uning turlari belgilandi;
- davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha majburiyatlari mustahkamlandi;
- manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda uni aniqlash, ma’lum qilish va bartaraf etish tartiblari belgilandi;
- davlat xizmatida xolislik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash mexanizmlari kuchaytirildi;
- korrupsiyaning oldini olish hamda davlat boshqaruvida ishonchni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi.

Ushbu Qonun davlat boshqaruvi tizimida adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish hamda jamiyatda halollik va mas’uliyat madaniyatini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Halollik va shaffoflik – taraqqiyotning mustahkam poydevori!