35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G.Shafoatova tomonidan "Yangihayot" MFY hududida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G.Shafoatova tomonidan "Yangihayot" MFY hududida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.

Deputat tomonidan fuqarolar yashash xonadonlariga borilib, ularning turmush sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda mavjud muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida ayrim fuqarolarga nogironlik aravachasi zarurligi, davolanish uchun order rasmiylashtirish, nogiron farzandini parvarish qilayotganligi uchun belgilangan nafaqa tayinlanmayotgani hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar mavjudligi aniqlandi.

Deputat G.Shafoatova tomonidan aniqlangan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida ularni deputatlik nazoratiga olish hamda tegishli davlat organlari va tashkilotlariga deputatlik so‘rovlari yuborish orqali ularning yechimini ta’minlash choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va mavjud muammolarini bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy ishlar davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3