35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

SHODIYONA MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
SHODIYONA MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

☘️ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Sanoat Yaxyayeva tashabbusi bilan Shodiyona MFY hududida obodonlashtirish va hududni yanada ko‘rkamlashtirishga qaratilgan amaliy ishlar olib borildi.

⚡️Mazkur ishlar “Dolzarb-40 kunlik” doirasida hududlarda umumiy foydalanishdagi infratuzilmalarni tartibga keltirish, obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va farovon muhit yaratish maqsadida tashkil etildi.

💡O‘rganish va obodonlashtirish jarayonida hududning sanitariya-obodonlik holatiga alohida e’tibor qaratilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

📉 Deputat tomonidan hududdagi obodonlashtirish ishlarining sifatli va tizimli amalga oshirilishi, aholi manfaatlari hamda jamoatchilik ehtiyojlari ustuvorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Asosiy maqsad — aholi uchun qulay, obod va xavfsiz hudud yaratish, umumiy foydalanishdagi infratuzilmalarni yaxshilash hamda mahallalarda obodonlik ishlarini izchil davom ettirish.
Slide 1 of 7