35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Issiqxona loyihalari faoliyati o‘rganildi

Issiqxona loyihalari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3–Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva hamda tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi mutaxassisi K. Sag‘izov ishtirokida deputat saylangan hududdagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida “Bunyodkor” mahallasida faoliyat yuritayotgan “ASL ORGANIK LIMON” MChJ, “LIMON ARGANIK” MChJ hamda “ORGANIC-LIMON” MChJ tomonidan zamonaviy issiqxonalar tashkil etish loyihalarining bajarilish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Xususan, qurilish-montaj ishlari, issiqxonalarni zarur infratuzilma bilan ta’minlash, yaratilayotgan ish o‘rinlari hamda loyihalarni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar Oʻzbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, hududda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy issiqxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirildi.

Slide 1 of 5