35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida hudud aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari, takliflari va muammolari tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, infratuzilmaviy va boshqa masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, ularning yechimini ta’minlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi.