35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🚨 QUTQARUV XIZMATI VA QUTQARUVCHILAR FAOLIYATI – INSON HAYOTINI ASRASH YOʻLIDA

🚨 QUTQARUV XIZMATI VA QUTQARUVCHILAR FAOLIYATI – INSON HAYOTINI ASRASH YOʻLIDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqidagi qarori qutqaruv xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish, qutqaruvchilarning huquqiy maqomini mustahkamlash hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va samarali harakatlarni taʼminlashga xizmat qiladi.

📌 Qaror doirasida:

✅ Qutqaruv xizmatlari faoliyatini tashkil etish tartiblari belgilandi;
✅ Qutqaruvchilarning huquq va majburiyatlari aniqlandi;
✅ Favqulodda vaziyatlarda aholini himoya qilish va qutqaruv ishlarini samarali tashkil etish mexanizmlari takomillashtirildi;
✅ Qutqaruvchilarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

🤝 Qutqaruvchilar – favqulodda vaziyatlarda inson hayoti va salomatligini saqlash yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur insonlardir.

⚠️ Favqulodda vaziyat yuz berganda xotirjamlikni saqlang, rasmiy ko‘rsatmalarga amal qiling va zarurat tug‘ilganda 112 yagona tezkor xizmatiga murojaat qiling.

Inson hayoti – eng oliy qadriyat. Xavfsizlik esa barchamizning umumiy masʼuliyatimiz!