Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sadullayev Qudratillaga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Aliyeva “Posira” mahallasida hokim yordamchisining faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, yangi daromad manbalarini yaratish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
📋 Shuningdek, hokim yordamchisi tomonidan ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.
📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, aholi manfaatlarini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirishga qaratilgan ishlarni yanada kuchaytirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.