35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

TO‘DA MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

📱TO‘DA MAHALLASIDA O‘RGANISH OLIB BORILDI

⌛ Xalq deputatlari Rishton tumani Kengashi 11-To‘da saylov okrugi deputati Sh. Karimov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Boboyev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Rishton tumani Kengashi raisi A. Saydullayev ishtirokida To‘da mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤩 O‘rganish davomida To‘da MFY Mustaqillik 21-yilligi ko‘chasi hududida bo‘lib, aholi uchun yaratilgan sharoitlar, hududning obodonlashtirilishi hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 1