35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududda hokim yordamchisi faoliyati hamda tadbirkorlik masalalari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish, imtiyozli kreditlar, yer ajratish, infratuzilma bilan ta’minlash hamda boshqa masalalar yuzasidan kelib tushgan murojaatlarning ko‘rib chiqilish holati o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.