🏘️ Mahalladagi muammolar va aholi bandligi — e’tibor markazida
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Cho‘mishli” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli va mahalla yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida deputat faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Jumladan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, hududni obodonlashtirish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.