35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📋 Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi deputati Nafosat Allaberganova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limida 2015-yil 26-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-393-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, belgilangan vazifalar ijrosi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash hamda jamoat salomatligini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.