Xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi deputati Muhiddin Yarashov tomonidan Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 88-uyda yashovchi fuqaro S.J.ning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan uy-joy masalasi atroflicha muhokama qilinib, mavjud holat yuzasidan tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalari bildirildi.
Shuningdek, uy-joy bilan bog‘liq kelishmovchiliklarni amaldagi qonunchilikka muvofiq sud tartibida hal etish lozimligi yuzasidan fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi.