35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman Kengashi deputati S.Abduvaliyeva tomonidan Navruz mahallasida mahalla yettiligi tarkibida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorining ish faoliyati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda targ‘ibot ishlarining holati tahlil qilindi.
Tahlillar jarayonida ayrim yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholangan bo‘lsa-da, yoshlar bilan manzilli ishlash, muammoli oilalarni aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida yechimini kutayotgan masalalar mavjudligi qayd etildi. Xususan, ayrim yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarida tizimli yondashuvni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan muloqotlarni yana-da faollashtirish hamda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlar tomonidan mazkur masalalarning ijrosi doimiy nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 2