35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.G'oibnazarov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan tibbiyot birlashmasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, zarur jihozlar bilan ta’minlash hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha kiritilgan takliflar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha tayyorlangan xulosa navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish yoki kiritmaslik masalasini ko‘rib chiqish uchun Kengashning tegishli doimiy komissiyasiga taqdim etiladi.

Slide 1 of 3