35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning daromad manbalarini oshirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ajratilgan imtiyozli kreditlar va subsidiyalar, mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.