35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

"DEPUTATNING BIR KUNI" KO‘RSATUVI TASVIRGA OLINDI

 "DEPUTATNING BIR KUNI" KO‘RSATUVI TASVIRGA OLINDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nodir Dusmurodovning deputatlik faoliyatiga bag‘ishlangan "Deputatning bir kuni" ko‘rsatuvi Samarqand davlat teleradiokompaniyasi ijodiy jamoasi tomonidan tasvirga olindi.

Tasvirga olish jarayonida deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlari, hududlarda olib borayotgan o‘rganishlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishish hamda deputatlik nazorati doirasidagi amaliy ishlari yoritildi.

Ko‘rsatuv orqali deputatning joylardagi faoliyati, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularning yechimiga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlari keng jamoatchilikka namoyish etiladi.

📺 Mazkur ko‘rsatuv deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolar bilan muloqotni yanada mustahkamlash hamda Kengash faoliyatini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1