35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📌 Saidlar mahallasida aholi bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining 2026-yil I yarim yilligidagi faoliyati doirasida Saidlar mahallasida aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar joyida o‘rganildi.

📋 O‘rganish davomida mahallada ro‘yxatga olingan 24 nafar ishsiz fuqaroning bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Natijada 8 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan, 6 nafari dehqon xo‘jaliklarida, 1 nafari tadbirkorlik faoliyatida, 7 nafari esa doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan. Shu tariqa 22 nafar fuqaroning daromad manbai yaratilgan bo‘lib, mahallada 91,6 foiz bandlik ko‘rsatkichiga erishilgan.