35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Paxtani sifatli sug‘orish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi kotibiyatida tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari O.Abdirimov hamda tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari ishtirokida paxta maydonlarini sifatli va o‘z vaqtida sug‘orishni tashkil etish yuzasidan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.

🌱 Uchrashuv davomida vegetatsiya davrida suv resurslaridan oqilona foydalanish, paxta maydonlarini uzluksiz suv bilan ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish hamda bu jarayonda Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolarini faol jalb etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 1