35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

YONG‘IN XAVFSIZLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

 YONG‘IN XAVFSIZLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

O‘rganish jarayonida tumandagi davlat va nodavlat tashkilotlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy obyektlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi tahlil qilinmoqda.

🔹 Obyektlar yong‘inga qarshi texnik vositalar bilan ta’minlanganligi;

🔹 Evakuatsiya yo‘laklari va chiqish eshiklarining holati;
🔹 Yong‘in o‘chirishning birlamchi vositalarining yaroqliligi;
🔹 Xodimlar va aholi uchun o‘quv mashg‘ulotlari hamda profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi;

Doimiy komissiya yig'ilishida ishchi guruh tasdiqlanib, nazorat savollari ishlab chiqildi.