35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul rahbarlarning hisobotlari eshitildi

Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan taqdim etilgan hisobotlar doimiy komissiya a’zolari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, erishilgan natijalar, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan mas’ul rahbarlarga qator savollar berilib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, uning ijrosini ta’minlash ustidan doimiy parlament nazoratini olib borish belgilandi.

Slide 1 of 4