35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#nazorat tadbiri #fuqaro_murojaat
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari hududlarda aholi muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish borasidagi ishlarni jadallik bilan davom ettirmoqda.
Xalq deputatlari shahar Kengashiga 2-saylov okrugidan saylangan deputat Abdujabbor Djurayev hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov hamkorligida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi. Bu galgi manzil — "Navro‘z" mahallasi bo‘ldi.

Ishchi guruh tomonidan mahalla raisi va hududga biriktirilgan mas’ul ijtimoiy xodim ishtirokida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
"Ijtimoiy reyestr"ga kiritilgan oilalarning haqiqiy ahvoli va ularga ko‘rsatilayotgan ko‘mak sifati;
Davlat tomonidan berilayotgan ijtimoiy yordam va nafaqalarning manzilliligi hamda o‘z vaqtida yetib borishi;
Mahalla infratuzilmasi va aholini qiynayotgan dolzarb muammolar.

O‘rganishlar davomida deputat va mas’ullar tomonidan hududdagi fuqarolardan birining murojaati ham joyida ko‘rib chiqildi.
Murojaat mazmuni: Fuqaro o‘z farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga (bog‘chaga) joylashtirishda muammoga duch kelayotganini bayon etgan.

Natija: Deputat va soha mutaxassislarining aralashuvi hamda huquqiy-amaliy ko‘magi bilan muammo shu zaxotiyoq bartaraf etildi. Mas’ullar yordamida elektron tizim orqali fuqaroning farzandi bog‘cha navbatiga muvaffaqiyatli joylashtirildi. Fuqaroga tizimdan foydalanish bo‘yicha zarur tushuntirishlar berildi.

"Xalq vakillarining asosiy vazifasi — har bir xonadon ichiga kirish, aholining dardu tashvishlari bilan yashash va ularning muammolariga qonuniy hamda tezkor yechim topishdan iboratdir."

Hududlardagi deputatlik nazorati va ijtimoiy o‘rganishlar davom etmoqda.
Slide 1 of 3