35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#o'rganish #yettilik

Olmaliq shahar "Do'stlik" mahallasida hudud deputati Baxodir Miralimov hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 Jarayonda mahalla raisi,
xotin-qizlar faoli hamda hokim yordamchisining ish faoliyati, xususan:
Mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash;
"Ayollar daftari" bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati;
Aholi bandligi va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

💬 Muloqotlar davomida yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar bo‘yicha "Mahalla yettiligi"ga to‘g‘ri tushunchalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan deputat tomonidan zarur tavsiyalar berildi.

Mahallalardagi o‘rganishlar va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar davom etadi.

Slide 1 of 7