35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#murojaat va ijro

Olmaliq shahar "Tinchlik" mahallasida yashovchi fuqarolardan biri o'z xonadoni derazasiga ko‘chadagi daraxt shoxlari o‘sib kirgani va noqulaylik tug‘dirayotgani bo'yicha murojaat qilgan edi.

Mazkur murojaat e’tiborsiz qolmadi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Abdujabbor Djurayev mahalla raisi bilan birgalikda muammoni joyiga chiqib o'rgandi.

Natija: "Nurxon 555" BSK mas’ullari bilan hamkorlikda zudlik bilan chora ko‘rilib, derazaga xalaqit berayotgan daraxt shoxlari tartibga keltirildi. Fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari va mahalla faollari aholi farovonligi yo'lida doimiy muloqotda!

Slide 1 of 3