35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari tomonidan Paxtakor mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–298-son qarori doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari joyida o‘rganildi.

O‘rganish davomida 1,7 kilometr uzunlikdagi piyodalar yo‘lagi qurilishi, betonlash ishlari yakunlanib, bruschatka yotqizish ishlari davom etayotgani bilan tanishildi.

Shuningdek, hududda zamonaviy tungi yoritish tizimini barpo etish hamda mahalla markazida zamonaviy bulvar va dam olish maskani bunyod etish ishlari ko‘zdan kechirildi.

Deputatlar tomonidan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda loyiha ijrosini doimiy nazoratda olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 9