35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputat tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 11-Muqimiy saylov okrugi deputati Z.Shodmonov o‘z saylov okrugi hududidagi Bog‘ishamol mahallasida faol fuqarolar bilan birgalikda obodonlashtirish tadbirlarini tashkil etdi.
Tadbir davomida mahalla hududidagi daraxtlarga oqlov berilib, ularni parvarishlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, hududni ozoda saqlash, yashil maydonlarni asrash va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.

Deputat tomonidan mahallalarda obod va fayzli muhitni yaratish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolarni obodonlashtirish tadbirlarida faol ishtirok etishga chorlash bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Slide 1 of 5