19¹-modda
🏥 Deputat mahalla tibbiy punkti faoliyati bilan tanishdi
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 9-G‘o‘rin–Hakimobod saylov okrugi deputati Y. Shoymanov tomonidan “Hakimobod” mahallasi hududida joylashgan 83-oilaviy poliklinikaga qarashli mahalla tibbiy punktiga tashrif buyurildi.
🔎 Tashrif davomida mahalla tibbiy punkti faoliyati atroflicha o‘rganildi. Jumladan, tibbiy punktda 1 nafar shifokor hamda 3 nafar patronaj hamshira faoliyat olib borayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, mavjud shart-sharoitlar va tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari joyida ko‘zdan kechirildi.
💬 O‘rganish yakunida deputat tomonidan aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.