35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

DEPUTATLIK NAZORATI: “MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida tumandagi madaniyat tashkilotlari faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy-ma’rifiy xizmatlar sifati hamda qonun talablarining amaliy ijrosi tahlil qilinmoqda.

Deputatlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

🔹 madaniy faoliyat sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;

🔹 madaniyat markazlari faoliyati, ularning moddiy-texnika bazasi va aholiga xizmat ko‘rsatish holati;