35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

📌 DEPUTATLIK NAZORATI: GENDER TENGLIK BO‘YICHA QONUN IJROSI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati va madaniyat va sport masalalri bo'yicha doimiy komissiya tomonidan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini o‘rganish yuzasidan deputatlik nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida mazkur Qonun talablarining tumandagi davlat organlari, tashkilotlar, mahallalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohalardagi ijrosi tahlil qilinadi.

Deputatlar tomonidan quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

🔹 xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

🔹 davlat tashkilotlarida gender tenglik tamoyillariga rioya etilishi;