35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏛 Deputatlik nazorati: Qurilish ishlari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 11-Chuqurko‘l saylov okrugi deputati T. Shodiyev saylov okrugiga qarashli "Chuqurko‘l" mahallasida deputatlik nazorati olib borildi.

🔹 Nazorat davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2025-yil 12-sentabrda qabul qilingan VII-15-119-8-119-K/25-son qarori asosida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

🏥 Xususan, mazkur qaror asosida moliyalashtirilayotgan 87-son oilaviy poliklinikani ta’mirlash hamda yangi bino qurilishi jarayonlari bilan yaqindan tanishildi. Qurilish ishlarining borishi, sifati, belgilangan loyiha talablari va amalga oshirish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

✅ Deputatlik nazorati davomida loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning holati baholanib, qurilish sifatini ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan loyihalar ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5