35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kengash raisi D. Safarova va deputatlar nazoratida: 5-sonli maktabdagi sharoitlar va ta’lim sifati o‘rganildi
Kengash raisi D. Safarova va deputatlar nazoratida: 5-sonli maktabdagi sharoitlar va ta’lim sifati o‘rganildi
Kelajagimiz egalari bo‘lgan yoshlarning munosib sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishini ta’minlash — deputatlik nazoratining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D. Safarova boshchiligidagi deputatlar guruhi tumandagi 5-sonli umumta’lim maktabi faoliyatini atroflicha o‘rgandi.

Kengash raisi va deputatlar maktabdagi mavjud holatni ko‘zdan kechirib, o‘quvchi yoshlar hamda pedagogik jamoa uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.