35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #uchrashuvlar_sarhisobi 👥Xalq ichiga kirib, muammolar jonli o‘rganilmoqda: Termiz shahar Kengashi deputatlarining yarim yillik muloqotlari va yutuqlari sarhisob qilindi

Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida saylov okruglarida o‘tkazilgan uchrashuvlar va ularning amaliy samarasi tahlil qilindi.

💬I yarim yillikning amaliy sarhisobi (Raqamlarda):

🟢O‘tgan 6 oy davomida xalq vakillari tomonidan mahallalarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi:

🟢147 marta — saylovchilar va mahalla aholisi bilan bevosita yuzma-yuz uchrashuvlar hamda ochiq muloqotlar tashkil etildi;

🟢187 dan ortiq — ushbu uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan yo‘l, elektr, suv ta’minoti, ko‘p qavatli uylar ta’miri va ijtimoiy ko‘mak kabi hayotiy masalalar o‘rtaga tashlandi;

🟢138 ta muammo — deputatlarning qat’iy aralashuvi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan tezkor hamkorligi natijasida amalda ijobiy hal etildi;

🟢73 foiz — ko‘tarilgan jami muammolarning qariyb to‘rtdan uch qismi qisqa fursatlarda o‘zining yakuniy va qonuniy yechimini topdi.

💬Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, yechimi ma'lum vaqt va mablag' talab qiladigan qolgan murojaatlar deputatlarning shaxsiy murojaat daftarlariga kiritilib, davlat dasturlari va budjet mablag'lari hisobidan bosqichma-bosqich hal etilishi uchun qat'iy nazoratga olingan.

🫥"Deputat uchun eng muhim vazifa — odamlarni eshitish, muammoni o‘rganish va amaliy natijaga erishishdir!"