35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

🏫 Deputatlik nazorati amalda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I. Qodirova 2026-yil 8-iyul kuni "Oʻzbekiston" mahallasidagi 23-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini oʻrgandi.

Oʻrganish davomida muassasa binosining eskirganligi, tashqi hojatxona va yozgi ayvonning talab darajasida emasligi hamda kirish qismi, oshxona va omborxonalarga kuzatuv kameralarini oʻrnatish zarurligi aniqlandi.

Aniqlangan muammo va takliflar tegishli tartibda nazoratga olinib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 5