Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

🏗 Qurilish sifati — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan “Xalqlar do‘stligi” MFY hududida yangidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joy qurilishining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda:
🔹 qurilish ishlarining belgilangan talablar asosida olib borilayotgani;
🔹 bajarilayotgan ishlarning sifati;
🔹 qurilishda foydalanilayotgan materiallarning holati;
🔹 sifatsiz va foydalanishga yaroqsiz beton materiallari aniqlanib, qurilish ishlarida qo‘llanilmasligi uchun alohida joyga ajratib qo‘yilgani;
🔹 zinapoyalarning, g‘ishtlarning belgilangan talab va me’yorlarga muvofiqligi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli ma’lumotlar shakllantirilib, Kengash raisiga taqdim etilishi belgilandi.

Slide 1 of 3