📌 SAYLOVCHILAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch yog‘och –Qarabog‘ saylov okrugi deputati K.Xashimova tomonidan "Qarabog‘" mahallasida saylovchilar bilan individual uchrashuv va suhbatlar o‘tkazildi.
💬 Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, infratuzilma, kommunal xizmatlar, bandlik hamda mahalla hayotiga oid boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
📝 Har bir murojaat tegishliligi bo‘yicha qayd etilib, ularni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq hal etish hamda mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
🤝 Saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.