Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashining 21-"Xo‘jasoat" saylov okrugi deputati Yu.Hakimov tomonidan “Ipoq” mahallasida mahalla raisi, mahalla faollari, nuroniylar ishtirokida aholi murojaatlarining kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni joyida hal etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi murojaatlariga tezkor va samarali yechim topish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash murojaatlar sonini kamaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram

Slide 1 of 5