Jańalıqlar

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

#24_ta_masala
#deputat_daftari

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 22-To‘polos saylov okrugidan saylangan deputati X.Raxmonova tomonidan To‘polos mahallasida xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mahalla xotin-qizlarini qiynayotgan ijtimoiy va maishiy masalalar tinglanib, ularning taklif hamda murojaatlari o‘rganildi. Xususan, fuqarolardan biri o‘zini o‘zi band qilish va daromad manbaiga ega bo‘lish maqsadida tikuv mashinasi ajratishda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.

Deputat tomonidan mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish hamda masalani qonunchilik doirasida ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 2