Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📨 Deputatlik so‘rovi yuborildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Hakimova tomonidan "Boybuloq" mahallasining Chorvador-2 qishlog‘ida deputatlik nazorati davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish maqsadida "Surxondaryosuvta’minoti" Sherobod tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🔎 Deputatlik so‘rovida aholini qiynayotgan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotga tegishli taklif va talablar bildirildi.

✅ Deputat tomonidan deputatlik nazorati doirasida fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4