Jańalıqlar

Davlat dasturi ijrosi — deputat nazoratida

Toyloq tumanida bunyodkorlik ishlari qizg‘in davom etmoqda.
​Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati B.Xamrayev tomonidan
10-Payshanbasiyob vakant saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-393-sonli qarori asosida "Payshanbasiyob" mahallasida qurilayotgan QPP da amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
​O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, belgilangan rejalarning sifatli bajarilishi va ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
​📌 Asosiy maqsad: Davlat dasturlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash orqali aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishdir.
​Deputat nazorati jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi va ijro muddati nazoratga olindi.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3