Jańalıqlar

Xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Jarilkasimova tomonidan Romitan tumani "Qumrabot" MFY hududida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning bandligi, tadbirkorlik faoliyati hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganishga qaratilgan monitoring tadbiri oʻtkazildi.Oʻrganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan tadbirkor va mehnat bilan band boʻlgan xotin-qizlar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning ish faoliyati, daromad manbalari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish yoʻnalishlaridagi yutuqlari hamda kelgusidagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi farovonligini yanada oshirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Slide 1 of 1