Jańalıqlar

🔰Nazorat va tahlil.

🔹Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xosilmurodov hamda shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latovlar 4-“Do‘stlik” saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordilar. 

🔹O‘rganish davomida “Do‘stlik” MFYdagi “Baxmalsoy” ko‘chasi va uning atrofini arxitekturaviy jihatdan zamonaviy ko‘rinishga keltirish, ko‘chani asfaltlash, piyodalar yo‘laklarini barpo etish hamda vorkaut (workout) maydonchalarini o‘rnatish bo‘yicha bajarilgan ishlar holati monitoring qilindi.

Slide 1 of 5