Jańalıqlar

“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

“Farovon” MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Fayziyeva Feruza Mardonovna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan grafik-rejaga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M. Astanova tomonidan Navoiy shahridagi “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda “Ayollar daftari” bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini oshirish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirishga qaratilgan farmon va qarorlari ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3