Jańalıqlar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi ekspert guruhining navbatdagi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Mazkur maslahat yig‘ilishini Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov olib bordi.

📍 Yig‘ilish davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasidagi vazifalar muhokama qilindi.

💬 Shuningdek, ekspert guruhi a’zolari tomonidan kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

🤝 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4