Jańalıqlar

Istiqlol” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 4-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputati D.Tojiboyev tomonidan hududdagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan mahalla yettiligining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar masalalari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3