Jańalıqlar

#Deputat_faoliyati

8-saylov okrugi deputati Nilufar Muxiddinova tomonidan "Sortepa" mahallasi yoshlar yetakchisi Arziyev Oybekning faoliyati o‘rganildi.

✅Deputat tomonidan mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan yoshlar muammolarini hal etish holati, bandlikni ta'minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi faoliyat tahlil qilindi.

✅Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va ta'lim bilan qamrab olinmagan yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, sport va ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilib, bu boradagi ishlar deputatlik nazoratiga olinishi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4