Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Ibodullayev tomonidan 25-Olg‘a saylov okrugiga qarashli Chorvador mahallasida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor o‘rganish ishlari olib borildi.
🔘O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, tadbirkorlik va chorvachilikni rivojlantirish borasidagi taklif hamda murojaatlari atroflicha o‘rganildi.
🔘Xususan, Chorvador mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Ortiqov tomonidan chorvachilik faoliyatini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ushbu yo‘nalishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan murojaat bildirildi.
🔘 Mazkur murojaat deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida fuqaro A.Ortiqovning murojaati ijobiy hal etilib, unga chorvachilik faoliyatini yanada rivojlantirish uchun zarur amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
🔘 Shuningdek, mazkur murojaatning ijrosini doimiy nazoratga olish hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarni tizimli ravishda hal etish maqsadida deputat tomonidan fuqaro A.Ortiqovning murojaati deputatlik yo‘l daftarchasiga kiritildi.
🔘Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolarini hal etish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.